📱 OpenAI yangi sunʼiy intellekt (SI) agentlarini oyiga $20 000 gacha sotmoqchi
Mar 12, 2025

OpenAI kompaniyasi yaqin orada bir nechta yangi mahsulotlar – sunʼiy intellekt (SI) agentlarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. SI-agent – bu odam ishtirokisiz, mustaqil ravishda vazifalarni bajaradigan dastur. Misol uchun, bunday agentlar mijozlarni saralash, dastur yozish va boshqa murakkab vazifalar uchun ishlatiladi.
Ularning narxlari vazifaga qarab farqlanadi:
Yuqori daromadli mutaxassislarga mo‘ljallangan agent – oyiga $2 000; Dasturchilar uchun mo‘ljallangan agent – oyiga $10 000; Eng qimmat agent esa doktorlik (PhD) darajasidagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uning narxi oyiga $20 000 ga yetishi mumkin (The Information).
2