⚡️ Matn va hujjatlarni aniqlash boʻyicha yangi chempion paydo boʻldi!
Mar 11, 2025
Mistral kompaniyasi sunʼiy intellekt asosida ishlovchi yangi OCR-modelini chiqardi. Ushbu texnologiya Google va Azure kabi mashhur kompaniyalar xizmatlaridan ancha kuchliroq natija ko‘rsatib, matn, rasm, jadval va formulalarni aniqlashda rekord — 94,89% aniqlikka erishdi.
Endi uzun hujjatlarni qoʻlda kiritish yoki tahrirlash shart emas – hujjatni yuklaysiz va qolgan barcha ishni sunʼiy intellekt oʻzi qiladi. Faqat kerakli maʼlumotlarni olib, bemalol ishlatasiz.
📌 Mistral OCR hozir bepul foydalanish uchun ochiq.
👉 Sinab ko‘rish: Mistral OCR
4