🎥 Zoom'dagi Sun'iy Intellekt yordamchi kuchli yangilandi — endi u video qo’ng’iroqlarni rejalashtiradi, ular asosida hujjatlar yaratadi va videolar generatsiya qiloladi.

Mar 25, 2025

Post Image

Tez orada ilovada qo’ng’iroqlaringizni yozib oladigan va qisqacha takrorlab beradigan diktofon paydo bo’ladi, may oyida esa suhbatni muhim joylarini konspektlashtiradigan «jonli qaydlar» funksiyasi ishga tushiriladi.

Bu yil AI agentlar yili bo'lyapti o'ziyam, hamma sohada sun'iy intellekt assissentlar bosib ketyapti.

Bu albatta juda ham yaxshi, oddiy kun o'tkazish uchun ishga borib keladigan va rivojlanmaydigan hodimlarni sun'iy intelleklar shiddat bilan egallayapti.

Buning ortidan biznes egalari ancha foyda ko'rishadi, ortiqcha rasxodlardan qutiladi, ishlari avtomatlashitirilgach katta hajmda ishlashni boshlay olishadi.

Kuzatamiz, jarayonni AI mutaxasis sifatida kuzatish maroqli.

Sun'iy Intellekt kelajakda meni ham ishimni olib qo'yishi mumkinmi, nima deb o'ylaysiz? Fikringizni izohlarda albatta yozib qoldiring 👇

@muqumovs

4